2026: IKKI KOMPONENTLI GAP TUSHUNCHASI VA UNING UMUMIY TILSHUNOSLIKDA O’RGANILISHI

Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek tillari misolida binar (ikki so‘zli) sintaktik strukturalarning derivatsion imkoniyatlari va morfosintaktik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada minimal gap qurilmalarining shakllanishida lingvistik tejamkorlik tamoyili va kognitiv jarayonlarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqot davomida ingliz tilining analitik-konfiguratsion tabiati hamda o‘zbek tilining sintetik-agglyutinativ xususiyatlari binar modellar (S-V, Pro-fe’l) kesimida qiyoslanadi. Xususan, ingliz tilidagi majburiy subyekt (EPP tamoyili) va o‘zbek tilidagi olmoshlarning tushib qolishi (pro-drop parametri) hodisalarining derivatsion mexanizmlari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, ellipsis va intonatsion vositalarning binar strukturalar pragmatikasidagi ahamiyati aniqlangan. Tadqiqot xulosalari qiyosiy tipologiya, tarjimashunoslik va chet tillarini o‘qitish metodikasi sohalari uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega

Nashr qilingan: 2026-01-06

Articles