“DAVR” HODISASI VA UNING O‘RTA OSIYODA YUZ BERISHIDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR

Mualliflar

  • Abdurahim Mamanov ##default.groups.name.author##

##semicolon##

“davr”##common.commaListSeparator## davriylik##common.commaListSeparator## tarixiy taraqqiyot##common.commaListSeparator## O‘rta Osiyo##common.commaListSeparator## sivilizatsiya##common.commaListSeparator## tarixiy jarayon

Abstrak

Mazkur maqolada “davr” hodisasining tarixiy-falsafiy mazmuni, uning jamiyat taraqqiyotini anglashdagi nazariy-metodologik ahamiyati hamda O‘rta Osiyo tarixiy jarayonlarida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Davr tushunchasining shakllanishi va rivojlanishiga oid qadimgi Sharq, yunon-rim falsafasi hamda keyingi tarixiy-falsafiy qarashlar qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, O‘rta Osiyo hududida tarixiy davriylikning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi ochib beriladi. Maqolada tarixiy jarayonlarni davrlashtirishda mahalliy sivilizatsion xususiyatlar, davlatlilik an’analari, madaniy almashinuvlar va tashqi ta’sirlarning o‘rni yoritilib, “davr” hodisasini universal va mintaqaviy mezonlar uyg‘unligida tadqiq etish zarurligi asoslanadi. O‘rta Osiyo tarixining o‘ziga xosligi davrlarning bir-biridan qat’iy uzilgan emas, balki ijtimoiy, siyosiy va madaniy jarayonlarning uzviy davomiyligi asosida shakllanganligi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-11