INTELLEKT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH UCHUN ADAPTIV RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASIDAN FOYDALANISH METODIKASI
##semicolon##
generativ sun’iy intellekt##common.commaListSeparator## adaptiv ta’lim##common.commaListSeparator## raqamli ta’lim platformasi##common.commaListSeparator## sport kolleji##common.commaListSeparator## sun’iy intellekt kompetensiyasiAbstrak
Mazkur tezisda sport kolleji o‘quvchilarida generativ sun’iy intellekt kompetensiyasini shakllantirishda adaptiv raqamli ta’lim platformasidan foydalanish metodikasi yoritilgan. O‘quvchining dastlabki kompetensiya darajasini diagnostika qilish, uning individual natijalariga muvofiq o‘quv topshiriqlarini differensiallashtirish, generativ sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash jarayonini monitoring qilish va qayta diagnostika asosida individual ta’lim trayektoriyasini yangilashga asoslangan adaptiv mexanizm taklif etilgan. Metodikada generativ sun’iy intellekt kompetensiyasining kognitiv-axborot, operatsion-texnologik, tanqidiy-refleksiv, kasbiy-amaliy va axloqiy-huquqiy komponentlari hisobga olingan. Adaptiv platformada o‘quvchilarning individual kompetensiya profili asosida uch darajadagi topshiriqlarni avtomatik tavsiya qilish mexanizmi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan metodika sport ta’limida generativ sun’iy intellekt vositalaridan maqsadli, tanqidiy, kasbiy va mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarini individual ta’lim trayektoriyasi asosida shakllantirishga xizmat qiladi