TURK XALQLARI MIFOLOGIYASIDAGI DUNYOQARASH EVOLYUTSIYASI
##semicolon##
turk mifologiyasi##common.commaListSeparator## tangrichilik##common.commaListSeparator## Umay Ona##common.commaListSeparator## Oq Ona##common.commaListSeparator## Boyterak##common.commaListSeparator## kosmogonik miflarAbstrak
Ushbu maqolada turkiy xalqlar o‘tmish dunyoqarashining evolyutsion bosqichlari, kosmogonik va antropogonik miflar hamda ularning qadimgi diniy-falsafiy tasavvurlar bilan sinkretik bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda olamning vertikal strukturasi (uch qavatli tizim), "Boyterak" (Hayot daraxti) arxetipi, shuningdek, dunyoning yaralish ibtidosida turgan "Oq Ona" va ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotini muvofiqlashtiruvchi "Umay Ona" kultlari keng qamrovli yoritilgan. Islom dini qabul qilingandan keyin turkiylar hayotida yuz bergan transformatsion jarayonlar, mifologik elementlarning xalq og‘zaki ijodida (baxshichilik maktablarida), lingvistik qatlamlarda ("platsenta-umay" tushunchasi) va o‘zbek mumtoz adabiyotidagi poetik ko‘rinishlari ("Humoy" timsoli) qiyosiy-tarixiy metodlar asosida ochib berilgan