“MAHKUM ETILGAN O‘SMIR OBRAZINING BADIIY TALQINI: JAMIYAT VA SHAXS PSIXOLOGIYASI” KON JIYONNING “BIZNING BAXTLI DAMLARIMIZ” HAMDA TOHIR MALIKNING “ALVIDO BOLALIK” ASARLARI MISOLIDA
##semicolon##
o‘spirinlik davri##common.commaListSeparator## mahkum o‘spirin##common.commaListSeparator## o‘zlikni anglash##common.commaListSeparator## ijtimoiy muhit##common.commaListSeparator## oilaviy tarbiya##common.commaListSeparator## ta’lim tizimiAnnotatsiya
Mazkur maqolada adabiyotda o‘spirin obrazining, xususan, mahkum etilgan o‘spirinlar timsolining badiiy talqini hamda uning ijtimoiy-psixologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘spirinlik davrining shaxs kamolotidagi o‘rni, bu bosqichda yuzaga keladigan ichki ziddiyatlar, o‘zlikni anglash jarayoni va tashqi muhit ta’siri yoritiladi. Shuningdek, Kon Jiyonning “Bizning baxtli damlarimiz” hamda Tohir Malikning “Alvido bolalik” asarlari misolida o‘spirinlarning jinoyatchilikka kirib borishiga sabab bo‘luvchi omillar – oilaviy muhitdagi muammolar, ta’lim tizimidagi kamchiliklar, ijtimoiy tengsizlik va befarqlik kabi jihatlar tahlil etiladi. Maqolada mahkum etilgan o‘spirin obrazi orqali jamiyatga berilgan ogohlantiruvchi signal ochib berilib, jinoyatchilikning oldini olishda profilaktik yondashuv, ma’naviy-tarbiyaviy islohotlar va ijtimoiy mas’uliyatning ahamiyati asoslab beriladi