NAZAR ESHONQUL ASARLARINING TILI VA USLUBIYATI
Ключевые слова:
Nazar Eshonqul, o‘zbek nasri, badiiy til, individual uslub, ramziy obraz, metafora, psixologizmАннотация
Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek nasrining o‘ziga xos vakillaridan biri Nazar Eshonqul ijodining til va uslubiy jihatlari tahlil qilinadi. Yozuvchining badiiy tafakkurida inson ruhiyati, uning ichki ziddiyatlari, yolg‘izlik, xotira, vaqt, hayot mazmuni va ma’naviy izlanish kabi masalalar muhim o‘rin egallaydi. Ushbu mavzularni yoritishda muallifning so‘z tanlash mahorati, ramziy obrazlardan foydalanishi, metaforik ifodalar, ichki monolog, psixologik tasvir va o‘ziga xos sintaktik qurilmalari alohida ahamiyat kasb etadi. Nazar Eshonqul uslubining asosiy belgisi voqeani shunchaki hikoya qilish emas, balki uning inson ongida va ruhiyatida aks etishini badiiy ifodalashdan iborat. Tezisda adib nasrining shu jihatlari umumlashtirib tahlil qilinadi