SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “ODAM” HIKOYASIDA MILLIY-MADANIY KODLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI

Авторы

  • Zilola Jabborova Автор

Ключевые слова:

lingvokulturologiya, milliy-madaniy kod, lingvokulturema, konsept, milliy kolorit, realiya

Аннотация

Maqolada Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasi lingvokulturologik paradigma asosida tahlil qilinadi. Asardagi milliy-madaniy kodlar, qarindoshlik va murojaat birliklari, urf-odat va marosim semantikasi, maishiy-etnografik realiyalar, tarixiy xotira, axloqiy qadriyatlar hamda “ona”, “oila”, “halollik”, “sadoqat”, “mehnat”, “avlod” konseptlarining til vositalari orqali voqelanishi aniqlanadi. Rahima obrazi misolida individual umr yo‘li bilan xalqning tarixiy-madaniy xotirasi o‘zaro tutashishi ko‘rsatiladi. Hikoya boshidagi ona vasiyati va yakuniy qismdagi rozi-rizolik motivining kompozitsion takrori avlodlararo madaniy kodning uzatilish mexanizmi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda kontekstual, semantik, konseptual, lingvokulturologik va tavsifiy metodlardan foydalanildi. Natijalar yozuvchi tilida milliy kolorit alohida bezak emas, balki obraz xarakteri, tarixiy davr va xalq dunyoqarashini birlashtiruvchi mazmuniy tizim ekanini ko‘rsatadi

Опубликован

2026-10-03