GERONTOTEXNOLOGIYALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK AMALIYOTGA TATBIQ ETISHNING SHART-SHAROITLARI VA MUAMMOLARI
Ключевые слова:
gerontotexnologiya, ijtimoiy-pedagogik innovatsiya, keksalar ta’limi, raqamli savodxonlik, raqamli inklyuziyaАннотация
Mazkur tezisda gerontotexnologiyalarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga tatbiq etishning pedagogik, ijtimoiy-madaniy, texnologik, resursiy, etik va huquqiy shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Shuningdek, keksalarning raqamli muhitga moslashuvi jarayonida yuzaga keladigan texnologik savodsizlik, raqamli tafovut, moliyaviy cheklovlar, psixologik qarshilik, maxfiylik va axborot xavfsizligi, kadrlar yetishmasligi hamda texnologiyalarning mahalliy til va madaniy muhitga moslashtirilmaganligi kabi muammolar yoritiladi. Gerontotexnologiyalarni ijtimoiy-pedagogik amaliyotga samarali joriy etish uchun keksalarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan ta’lim dasturlari, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va qulay texnologik infratuzilmani shakllantirish zarurligi asoslanadi