KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINI ELEKTRON KADASTR TIZIMIDA RO‘YXATGA OLISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI
Ключевые слова:
elektron kadastr, ko‘chmas mulk, raqamli texnologiya, huquqiy asoslarАннотация
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk obyektlarini elektron kadastr tizimida ro‘yxatga olishning huquqiy asoslarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda elektron kadastrning joriy etilishi, uning davlat boshqaruvi, soliq tizimi, shaharsozlik va mulk egalari uchun yaratgan qulayliklari tahlil qilinadi. Maqolada “Yagona davlat kadastri” ning normativ-huquqiy bazasi, elektron ma’lumotlar bazalarini boshqarish tartibi, mulk huquqini raqamli shaklda tasdiqlash mexanizmlari ham yoritilgan. Shuningdek, elektron tizimning afzalliklari, mavjud muammolari, axborot xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar beriladi. Tadqiqot natijalari kadastr jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun muhim amaliy ahamiyatga ega