OʻQUVCHILARDA MOLIYAVIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA MATNLI MATEMATIK MASALALARNING OʻRNI VA PEDAGOGIK STRATEGIYALARI
Ключевые слова:
akademik litsey, moliyaviy savodxonlik, matnli masalalar, matematik modellashtirishАннотация
Ushbu maqolada akademik litseylar tizimida aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishda matnli matematik masalalarning o‘rni tahlil qilingan. Litsey o‘quvchilarining yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda, algebra va matematik analiz elementlari kursiga iqtisodiy mazmundagi murakkab matnli masalalarni integratsiya qilish metodikasi yoritilgan. Maqolada oddiy va murakkab foizlar, progressiyalar, chiziqli va chiziqli bo‘lmagan modellar yordamida bank amaliyotlari hamda shaxsiy investitsiyalarni optimallashtirish masalalari matematik tahlil etilgan. Shuningdek, dars jarayonida Desmos va GeoGebra kabi zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik samaradorligi asoslab berilgan