QISQA BADIIY NASRDA PERSONAJ YARATISH MAHORATI: INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTI QIYOSIDA
Ключевые слова:
qisqa nasr, hikoya, personaj, poetika, psixologizm, badiiy detal, minimalizm, qiyosiy adabiyotshunoslikАннотация
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotidagi qisqa badiiy nasr janrida personaj yaratish mahorati qiyosiy-narratologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda struktural, narratologik va qiyosiy adabiyotshunoslik metodlaridan foydalanilib, personajning badiiy shakllanishi portret, dialog, psixologizm, badiiy detal va ichki monolog kabi vositalar orqali o‘rganiladi. Ingliz adabiyotida Ernest Hemingway, Raymond Carver va Katherine Mansfield, o‘zbek adabiyotida esa Abdulla Qahhor, Said Ahmad va O‘tkir Hoshimov hikoyalari tahlil materiali sifatida olinadi. Natijalar ingliz qisqa nasrida psixologik minimalizm va subtekst ustuvorligini, o‘zbek hikoyachiligida esa ijtimoiy realizm va milliy-estetik ifodaning yetakchi ekanligini ko‘rsatadi
Загрузки
Опубликован
2026-06-11
Выпуск
Раздел
Articles