MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISHDA MUAMMOLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI

Авторы

  • SARVINOZ MAMARAJABOVA Автор

Ключевые слова:

muammoli ta’lim, dolzarblik, ta’lim samaradorligi, mutaxassislik fanlari, pedagogik texnologiya

Аннотация

Mazkur tezisda mutaxassislik fanlarini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarni mustaqil fikrlovchi, ijodkor va raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish zarurati muammoli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etishni taqozo etmoqda. Tezisda muammoli ta’limning mohiyati, uning o‘quv jarayonidagi o‘rni hamda mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muammoli vaziyatlar orqali talabalar bilimini chuqurlashtirish, ularning tahliliy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari muammoli ta’lim texnologiyalari ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi

Опубликован

2026-04-07