TUSH YASOVCHI SYUJETNI BADIIY TALQINI: HAN KANGNING “VEGETARIAN” VA NAZAR ESHONQULNING “GIRYON” ROMANLARI MISOLIDA

Authors

  • Aziza Soleyeva Author

Keywords:

Han Kang, Nazar Eshonqul, tush motivi, “Vegetarian”, “Giryon”, psixoanaliz

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Han Kangning “Vegetarian” (2007) va Nazar Eshonqulning “Giryon” (2025) romanlaridagi tush motivi qiyosiy adabiyotshunoslik va psixoanalitik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori ikki asardagi tushlarning syujet yasovchi vazifasi, psixologik talqini, ramziy ma’nolari va ular orqali ifodalangan qahramon ruhiyatining badiiy o‘ziga xosliklariga qaratilgan. Zigmund Freydning tush yasami nazariyasi [Zigmund F. 2010: 55], Ketrin Kerutning travma nazariyasi, Karl Gustav Yungning [Kerutda.:"Chapter1"] analitik psixologiyasi va ekzistensial falsafa asosida olib borilgan tahlil natijasida ikkala asarda ham tush motivi qahramonlarning ichki ziddiyatlari, jamiyat bilan to‘qnashuvi va o‘zlikni anglash jarayonlarini ochib berishda markaziy o‘rin tutishi aniqlandi. Shu bilan birga, asarlarda tushning badiiy funksiyasi, uning ifoda usuli va psixologik asoslari o‘rtasida sezilarli farqlar mavjudligi qayd etildi. Maqola ikki madaniyat–Janubiy Koreya va O‘zbekiston adabiyotining badiiy tafakkuridagi o‘xshashlik va farqlarni tush motivi misolida ochib beradi

Downloads

Published

2026-06-11