AKA-UKA GRIMM ERTAKLARIDA “O‘GAY ONA” MOTIVI
Keywords:
aka-uka Grimm, nemis ertaklari, mifologik obraz, o‘gay ona, ramz, Oppog‘oy, Hansel und GrettelAbstract
Mazkur maqolada aka-uka Yakob va Vilgelm Grimm ertaklarida uchraydigan o‘gay ona motivi keng qamrovda o‘rganiladi. Tadqiqot asosan “Oppog‘oy” (Schneewittchen) ertagi materiallari asosida olib borilib, qo‘shimcha ravishda “Hansel und Grettel” va “Frau Holle” ertaklaridagi o‘gay ona obrazlari ham tahlil qilinadi. O‘gay ona obrazining mifologik ildizlari, ramziy-semantik qatlamlari, syujet va kompozitsiyadagi funksional vazifasi ko‘rib chiqiladi. Maqolada Grimm matnidan original nemischa parchalar va ularning tarjimalari keltiriladi, shuningdek, tadqiqotning ilmiy asoslari Propp, Lüthi, Jolles, Jung kabi klassik nazariyotchilarning iqtiboslari bilan mustahkamlanadi. Natijalar Grimm ertaklarining badiiy-falsafiy mohiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi