TURIZM GEOGRAFIYASINING TARIXI VA RIVOJLANISHI

Authors

  • Ra’no Shukurova Author
  • Nafisa Gaffarova Author

Keywords:

Turizm geografiyasi, turistik resurslar, rekreatsiya hududlari, turizm infratuzilmasi

Abstract

Turizm geografiyasi — geografiya fanining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u turizmning hududiy tashkil etilishi, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Ushbu fan XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yevropada shakllana boshlagan. Ayniqsa, Fransiya va Germaniya olimlari turizmni hududiy jihatdan tadqiq qilishga katta hissa qo‘shganlar. XX asrning ikkinchi yarmida transport vositalarining rivojlanishi, xalqaro aloqalarning kengayishi natijasida turizm geografiyasi mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlandi. Bu jarayonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan turizmni rivojlantirish va statistik ma’lumotlarni tizimlashtirish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda turizm geografiyasi turistik resurslar, rekreatsiya hududlari, turizm infratuzilmasi va ularning hududiy taqsimlanishini o‘rganadi. U iqtisodiy rivojlanish, madaniy almashinuv va hududiy taraqqiyotda muhim ahamiyat kasb etadi

Downloads

Published

2026-03-01