ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYOTIDA TARIXIY MAVZUNING BADIIY TALQINI

Authors

  • Dildora Aliqulova Author

Keywords:

zamonaviy o‘zbek adabiyoti, tarixiy mavzu, tarixiy roman, badiiy talqin, tarixiy haqiqat, badiiy haqiqat, tarixiy xotira

Abstract

Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek adabiyotida tarixiy mavzuning badiiy talqin tamoyillari, tarixiy voqelik va badiiy haqiqat munosabati, tarixiy shaxs obrazining qayta yaratilishi, tarixiy xotira va milliy o‘zlik masalalarining estetik ifodasi tahlil qilinadi. Mustaqillik davridan boshlab tarixga munosabatning o‘zgarishi natijasida tarixiy mavzu inson, millat, ma’naviyat, shaxsiy taqdir va tarixiy xotira muammolari bilan yanada uzviy bog‘landi. Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Xayriddin Sulton va Isajon Sulton ijodidagi tarixiy talqinlar misolida tarixiy faktning badiiy qayta yaratilishi, tarixiy shaxsning insoniy-psixologik qirralari, tarixiy makon va zamonning poetik funksiyasi hamda tarixiy mavzuning zamonaviy o‘quvchi tafakkuriga ta’siri yoritiladi

Downloads

Published

2026-09-28