O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MAFKURAVIY XAVFSIZLIKKA TAHDIDLAR
Keywords:
mafkuraviy xavfsizlik, mafkuraviy tahdid, axborot xavfsizligi, globallashuv, dezinformatsiyaAbstract
Mazkur tezisda O‘zbekiston sharoitida mafkuraviy xavfsizlikka ta’sir etuvchi zamonaviy tahdidlarning mazmun-mohiyati va namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilinadi. Globallashuv, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot makonining kengayishi sharoitida turli mafkuraviy ta’sirlar, dezinformatsiya, manipulyativ axborot, radikal g‘oyalar, ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontent hamda yoshlar ongiga yo‘naltirilgan destruktiv ta’sirlar mafkuraviy xavfsizlikka potensial tahdid sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Tadqiqotda ushbu tahdidlarning ijtimoiy ong va yoshlar dunyoqarashiga ta’siri, ularning oldini olishning ma’rifiy, tarbiyaviy va axborotiy mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashda tanqidiy fikrlash, media savodxonlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarash hamda axborotdan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalarining ahamiyati asoslab beriladi. Tezisda jamiyatning mafkuraviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari suriladi