TURIZMNING HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Keywords:
hududiy rivojlanish, turizm iqtisodiyoti, multiplikator effekt, tarmoqlararo bog‘liqlikAbstract
Ushbu ilmiy maqolada turizmning hududiy iqtisodiy rivojlanishga ko‘rsatadigan ta'siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada turizmning hududiy iqtisodiyotdagi asosiy funktsiyalari – ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va hududiy byudjet daromadlarini oshirish kabi yo‘nalishlar yoritilgan. Tarmoqlararo bog‘liqlik va multiplikator effekt nazariyalari asosida turizmning mahalliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Samarqand, Jizzax, Navoiy viloyatlari va Qirg‘iziston misolida turizmning hududiy o‘zgarishlardagi roli o‘rganilgan. O‘zbekistonning 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturlari va hududiy master-rejalari doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan