TURK XALQLARI MIFOLOGIYASIDAGI DUNYOQARASH EVOLYUTSIYASI

Authors

  • Hakim Jurayev Author

Keywords:

turk mifologiyasi, tangrichilik, Umay Ona, Oq Ona, Boyterak, kosmogonik miflar

Abstract

Ushbu maqolada turkiy xalqlar o‘tmish dunyoqarashining evolyutsion bosqichlari, kosmogonik va antropogonik miflar hamda ularning qadimgi diniy-falsafiy tasavvurlar bilan sinkretik bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda olamning vertikal strukturasi (uch qavatli tizim), "Boyterak" (Hayot daraxti) arxetipi, shuningdek, dunyoning yaralish ibtidosida turgan "Oq Ona" va ibtidoiy jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayotini muvofiqlashtiruvchi "Umay Ona" kultlari keng qamrovli yoritilgan. Islom dini qabul qilingandan keyin turkiylar hayotida yuz bergan transformatsion jarayonlar, mifologik elementlarning xalq og‘zaki ijodida (baxshichilik maktablarida), lingvistik qatlamlarda ("platsenta-umay" tushunchasi) va o‘zbek mumtoz adabiyotidagi poetik ko‘rinishlari ("Humoy" timsoli) qiyosiy-tarixiy metodlar asosida ochib berilgan

Downloads

Published

2026-06-04