IZTIROB, ISHONCH VA QUTQARUV: ‘BIZNING BAXTLI DAMLARIMIZ’ ASARINING RUHIY TAHLILI

Авторы

  • Sitora Turakulova Автор
  • Jin Li Su Автор

Ключевые слова:

Kon Jyon, “Bizning baxtli damlarimiz”, travma, ruhiy ziddiyat, o‘smir psixologiyasi

Аннотация

Mazkur maqolada Kon Jyonning “Bizning baxtli damlarimiz” romanining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda ikki asosiy qahramon — Mun Yujon va Chon Yunsu taqdiri orqali inson ruhiyati, o‘tmishdagi travmalar, ijtimoiy befarqlik va adolatsizlik muammolari yoritilgan. Tadqiqotda qahramonlarning ichki kechinmalari, ularning ruhiy ziddiyatlari hamda insoniy mehr, kechirim va ishonch masalalari chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, romanda o‘lim jazosi, jinoyat va jazoga munosabat, insonni tushunish va kechirish imkoniyati kabi falsafiy savollar ko‘tarilgan. Muallif tomonidan o‘smirlik davri psixologiyasi, ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri ham alohida yoritiladi. Asar inson qalbidagi og‘riq, yolg‘izlik va najot izlash jarayonini ta’sirchan badiiy vositalar orqali ifodalaydi

Опубликован

2026-06-04