TAZKIRALARDA TANQIDIY YONDASHUV VA BADIIY BAHOLASH MEZONLARI (“LATOYIFNOMA” MISOLIDA)

Authors

  • BOBUR QURBONOV Author

Keywords:

tazkira, tanqid, axloqiy g‘oya, uslub, Navoiy, Faxriy, sharh, tavsif

Abstract

Mazkur maqolada tazkira janridagi asarlarda uchraydigan tanqidiy fikrlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida mualliflarning shoirlarga nisbatan bildirgan salbiy baholari ularning axloqiy-tarbiyaviy qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi aniqlanadi. Shuningdek, buyuk tazkiranavis adiblar - Alisher Navoiy va Faxriy Hiraviy uslublarining o‘ziga xos jihatlari, tanqidni ifodalash shakllari va ularning mazmuniy xususiyatlari keng yoritiladi. Natijada, tazkiralardagi tanqidiy fikrlar shaxsiy baho emas, balki jamiyatda ma’naviy me’yorlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim vosita ekanligi asoslab beriladi

Downloads

Published

2026-06-04