BADIIY MATNDA TINISH BELGILARINING ESTETIK VA EKSPRESSIV IMKONIYATLARI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILI MATERIALLARI ASOSIDA)
##semicolon##
tinish belgilari##common.commaListSeparator## punktuatsiya##common.commaListSeparator## badiiy matn##common.commaListSeparator## lingvopoetika##common.commaListSeparator## ekspressivlik##common.commaListSeparator## estetik funksiyaAbstrak
Mazkur maqolada badiiy matnda tinish belgilarining estetik va ekspressiv imkoniyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda punktuatsiyaning nafaqat sintaktik, balki lingvopoetik, stilistik va pragmatik funksiyalari yoritiladi. Tinish belgilarining pauza, ritm, ohang va dramatizm yaratishdagi o‘rni aniq misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, nuqta, vergul, ko‘p nuqta, tire, so‘roq va undov belgilarining badiiy matndagi ekspressiv imkoniyatlari ochib beriladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, punktuatsiyaning muallif individual uslubini shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari matn lingvistikasi, stilistika va qiyosiy tilshunoslik sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega