INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ZOONIM KOMPONENTLI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK, GRAMMATIK VA FUNKSIONAL TAHLILI

Mualliflar

  • Azimjon Axmedov ##default.groups.name.author##

##semicolon##

zoonim##common.commaListSeparator## frazeologik birlik##common.commaListSeparator## semantika##common.commaListSeparator## pragmatika##common.commaListSeparator## metafora##common.commaListSeparator## konsept##common.commaListSeparator## madaniyat

Abstrak

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida zoonim komponentli frazeologik birliklarning leksik-semantik, grammatik va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ot, it, mushuk, bo‘ri, tulki va boshqa hayvon nomlari ishtirokidagi iboralar asosida xalq tafakkuri, madaniy qadriyatlar va nutq an’analarining lingvistik ifodasi ochib beriladi. Tavsifiy, qiyosiy hamda kognitiv-semantik metodlar asosida olingan natijalar frazeologizmlarning ma’no qatlamlari, metaforik motivatsiyasi va madaniy asoslarini aniqlashga xizmat qiladi. Ingliz tili uchun individualistik, ijtimoiy psixologik va pragmatik yondashuv ustuvor bo‘lsa, o‘zbek tili uchun jamoaviylik, sadoqat, mehnatsevarlik va axloqiylik yetakchi ahamiyat kasb etadi. Maqola zoonim frazeologizmlar orqali xalq tafakkuri, madaniyat va til o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yoritishga bag‘ishlangan

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-01-24