DUAL TA’LIMDA TURIZM MUTAXASSISLARI KASBIY KOMPETENSIYALARINING AMALIY KOMPONENTINI OTM–KORXONA HAMKORLIGI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
##semicolon##
dual ta’lim##common.commaListSeparator## turizm ta’limi##common.commaListSeparator## kasbiy kompetensiya##common.commaListSeparator## amaliy komponent##common.commaListSeparator## oliy ta’lim muassasasi##common.commaListSeparator## turizm korxonasiAbstrak
Mazkur tezisda dual ta’lim sharoitida bo‘lajak turizm mutaxassislari kasbiy kompetensiyalarining amaliy komponentini rivojlantirishda oliy ta’lim muassasasi va turizm korxonasi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni tahlil qilinadi. Turizm ta’limida nazariy bilim bilan real kasbiy faoliyat o‘rtasidagi bog‘liqlik yetarlicha ta’minlanmasa, talabaning ish muhitiga moslashishi va egallagan bilimlarini amalda qo‘llashida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligi asoslanadi. Shu jihatdan OTM, turizm korxonasi va talabaning vazifalarini oldindan belgilash, korxonadagi amaliy topshiriqlarni o‘quv natijalari bilan bog‘lash, amaliyot rahbarining faol ishtirokini ta’minlash, muntazam teskari aloqa va hamkorlikdagi baholashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda turizm yo‘nalishidagi dual ta’lim jarayonini rejalashtirishdan boshlab amaliy faoliyat, monitoring, refleksiya va yakuniy baholashgacha bo‘lgan bosqichlarda OTM va korxona hamkorligini tashkil etishga doir metodik takliflar bayon etiladi