TAJRIBAVIY YARALI KOLITDA BACHADONDAGI PATOMORFOLOGIK OʻZGARISHLARNING QIYOSIY TAVSIFI
##semicolon##
Tajribaviy yarali kolit##common.commaListSeparator## bachadon##common.commaListSeparator## patomorfologiya##common.commaListSeparator## qiyosiy tahlil##common.commaListSeparator## histologiyaAbstrak
Tajribaviy yarali kolit (TYK) – eksperimental sharoitda oshqozon-ichak yo‘llarida yarali o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan patologik holat bo‘lib, immunologik va patomorfologik jarayonlarni o‘rganishda muhim model hisoblanadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi TYK sharoitida bachadondagi patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash va ularni sog‘lom nazorat guruhi bilan qiyosiy tahlil qilishdir. Tajribaviy model sifatida laboratoriya sichqonlari ishlatilgan bo‘lib, TYK induktsiyasi maxsus kimyoviy vositalar yordamida amalga oshirilgan. Bachadon to‘qimalari histologik bo‘yoqlar bilan tayyorlanib, mikroskop ostida o‘rganilgan. Natijalar TYK guruhida shilliq va mushak qatlamlarida yallig‘lanish infiltratlari, epiteliy degeneratsiyasi va tomirlarda kongestiv o‘zgarishlar aniqlanganini ko‘rsatdi, sog‘lom guruhi bilan solishtirganda bu o‘zgarishlar sezilarli darajada farq qilgan