SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA STOMATOLOGIK TERMINLARNI TARJIMA QILISH: MUAMMOLAR VA ANIQLIK TAHLILI
##semicolon##
sun’iy intellekt##common.commaListSeparator## stomatologik terminlar##common.commaListSeparator## tibbiy tarjima##common.commaListSeparator## terminologiya##common.commaListSeparator## tarjima aniqligiAbstrak
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida stomatologik terminlarni tarjima qilish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, tibbiy terminologiyaning o‘ziga xos murakkabligi, ko‘p ma’noliligi hamda kontekstga bog‘liqligi tarjima aniqligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Tadqiqot davomida zamonaviy sun’iy intellektga asoslangan tarjima tizimlarining imkoniyatlari va cheklovlari solishtirma tahlil asosida baholanadi. Shuningdek, stomatologik terminlarning noto‘g‘ri yoki noaniq tarjima qilinishi natijasida yuzaga keladigan kasbiy va kommunikativ muammolar ochib beriladi. Maqola yakunida terminologik aniqlikni oshirish, kontekstual tarjimani takomillashtirish hamda tibbiy tarjima jarayonida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi