O‘ZBEKISTONDA AHOLINING KREATIV QATLAMINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
##semicolon##
kreativ iqtisodiyot##common.commaListSeparator## kreativ qatlam##common.commaListSeparator## innovatsiya##common.commaListSeparator## inson kapitali##common.commaListSeparator## raqamli iqtisodiyotAbstrak
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida raqobatbardoshlikni ta’minlashda innovatsiya va kreativlik muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy o‘sishning yangi modeli — bu kreativ iqtisodiyotga asoslangan rivojlanishdir. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda ham aholining kreativ qatlamini shakllantirish va rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Kreativ qatlam jamiyatning eng faol, innovatsion va yuqori intellektual salohiyatga ega qismi bo‘lib, ular yangi g‘oyalar yaratish, texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy tizimni modernizatsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli davlat tomonidan ushbu qatlamni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi