ROSSIYA DAVLAT KUTUBXONASI FONDLARIDA TURKISTON VA MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
##semicolon##
Rossiya davlat kutubxonasi##common.commaListSeparator## Turkiston##common.commaListSeparator## Markaziy Osiyo##common.commaListSeparator## Toshkent##common.commaListSeparator## Buxoro##common.commaListSeparator## Samarqand##common.commaListSeparator## XivaAnnotatsiya
Mazkur maqolada Moskva shahrida joylashgan Rossiya davlat kutubxonasi fondlarida Turkiston va Markaziy Osiyo tarixiga oid saqlanayotgan yozma va bosma manbalar tahlil qilinadi. Xususan, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva hamda Turkiston oʻlkasiga bagʻishlangan kitoblar, sayohatnomalar, statistik materiallar va davriy nashrlarning tarixiy ahamiyati yoritiladi. RGB elektron katalogi maʼlumotlari asosida A. Vamberining «Puteshestvie po Sredney Azii», «Ocherki Sredney Azii», Toshkentda nashr etilgan «Sbornik svedeniy o Sredney Azii i russkom Turkestane» hamda 1895-yilgi Turkiston ommaviy kutubxonasi kitoblar katalogi kabi manbalar koʻrib chiqiladi. Ushbu manbalar Turkiston xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy tarixini oʻrganishda muhim ilmiy ahamiyatga ega