O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDAGI AYRIM QO‘SHMA SO‘ZLARNING ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI
##semicolon##
leksikologiya##common.commaListSeparator## etimologiya##common.commaListSeparator## qo‘shma so‘z##common.commaListSeparator## kompozitsiya##common.commaListSeparator## o‘zbek tili##common.commaListSeparator## qoraqalpoq tili##common.commaListSeparator## o‘zlashma so‘zAnnotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va qoraqalpoq tillarida kompozitsiya usuli orqali hosil bo‘lgan ayrim qo‘shma so‘zlarning etimologik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Qo‘shma so‘zlarning tarkibiy qismlari, ularning dastlabki ma’nolari, boshqa tillardan o‘zlashish jarayoni hamda fonetik va semantik o‘zgarishlari yoritiladi. Jumladan, og‘ayni – aǵayin, obihayot – ábihayat, obdasta – ábdáste, sartarosh – shashtárez, bangidevona – Bángidiywana, yakkama-yakka – jekpe-jek, lom-mim – lám-mim, dilozor – tilazar, boyo‘g‘li – bayıwlı kabi birliklarning etimologik tarkibi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi mushtarak qo‘shma so‘zlarning tarixiy shakllanishi va taraqqiyotini aniqlashda etimologik tahlilning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi