O‘TKIR RAHMAT IJODIDA SINONIMLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATI

Mualliflar

  • Feruza Maxammatova ##default.groups.name.author##

##semicolon##

sinonimlar##common.commaListSeparator## pragmatika##common.commaListSeparator## badiiy nutq##common.commaListSeparator## poetik til##common.commaListSeparator## ekspressivlik

Annotatsiya

Ushbu maqolada taniqli o‘zbek shoiri va jurnalisti O‘tkir Rahmat ijodida sinonim birliklarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. O‘tkir Rahmat she’riyati samimiylik, xalqona ruh, vatanparvarlik, insoniy kechinmalar va obrazli ifoda vositalariga boyligi bilan ajralib turadi. Shoirning “Irmoq”, “Sog‘inch”, “Rayhon hidi”, “Shukrona”, “Oy yog‘dusi”, “Ko‘zim qorachug‘i”, “Xayol ifori”, “Yurakdagi qush”, “Xoksor maysa” kabi she’riy to‘plamlari uning badiiy tafakkuri va til imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanganini ko‘rsatadi. Maqolada sinonimlarning faqat ma’nodosh so‘zlar sifatida emas, balki muallifning badiiy niyati, hissiy munosabati, estetik qarashi va o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida qo‘llanishi yoritiladi. O‘tkir Rahmat ijodida sinonimlar obraz yaratish, fikrni kuchaytirish, lirik qahramon ruhiyatini ochish, milliy qadriyat va vatan tuyg‘usini ifodalashda muhim pragmatik vazifa bajaradi. Ayniqsa, shoir ijodida Vatanga sadoqat va xalqqa muhabbat yetakchi mavzulardan biri sifatida talqin qilinadi

##submission.downloads##

##submissions.published##

2026-06-30