TARIXIY-MADANIY MEROS VA TARIXIY XOTIRANING YOSHLAR MA’NAVIY KAMOLOTIDAGI O‘RNI
##semicolon##
Tarixiy-madaniy meros##common.commaListSeparator## tarixiy xotira##common.commaListSeparator## ijtimoiy xotira##common.commaListSeparator## milliy qadriyatlar##common.commaListSeparator## yoshlar tarbiyasiAnnotatsiya
Mazkur maqolada tarixiy-madaniy merosni o‘rganishning yoshlar ma’naviy kamoloti, tarixiy tafakkuri va ijtimoiy xotirasini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda tarixiy yodgorliklar, moddiy va nomoddiy madaniy meros namunalarining yoshlar ongida milliy g‘urur, vatanparvarlik va daxldorlik hissini kuchaytirishdagi roli asoslab berilgan. Shuningdek, tarixiy xotiraning ijtimoiy-psixologik hodisa sifatidagi mazmuni ochib berilib, uni mustahkamlashda tarixiy obidalar, ajdodlar merosi va buyuk allomalar faoliyatini o‘rganishning metodologik ahamiyati yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash va yoshlar tarbiyasida undan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, tarixiy-madaniy merosning jamiyat ma’naviy hayotini boyitishdagi o‘rni ilmiy xulosalar orqali asoslangan