INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY QO‘RQUVI (SPEAKING ANXIETY) VA UNI KAMAYTIRISH METODIKASI
##semicolon##
nutqiy qo‘rquv##common.commaListSeparator## ingliz tili##common.commaListSeparator## kommunikativ kompetensiya##common.commaListSeparator## psixolingvistikaAnnotatsiya
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rganayotgan talabalar orasida keng tarqalgan nutqiy qo‘rquv (speaking anxiety) muammosi, uning psixologik va pedagogik sabablari hamda uni kamaytirishga qaratilgan metodik yondashuvlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarda nutqiy qo‘rquv darajasini aniqlash va uni kamaytirishga xizmat qiluvchi samarali metodlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va tajriba-sinov usullari qo‘llanilib, talabalar nutqiy faoliyati real ta’lim jarayonida o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda eng ko‘p uchraydigan muammo bu xatodan qo‘rqish, auditoriya oldida ishonchsizlik va grammatik mukammallikka ortiqcha e’tibor berishdir. Interaktiv metodlar, kichik guruhlarda ishlash va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhiti nutqiy qo‘rquvni sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan