PTREGIUMDA KO’Z YOSHI KRISTALLOGRAFIYASI

Авторы

  • Muxlisa Hamroyeva Автор

Ключевые слова:

Pterigium, ko‘z yoshi suyuqligi, kristallografik tahlil, ko‘z yuzasi patologiyasi, biomarkerlar

Аннотация

Ushbu maqolada pterigium kasalligida ko‘z yoshi suyuqligining kristallografik xususiyatlari o‘rganildi. Pterigium — ko‘zning yuzaki to‘qimalarida uchraydigan degenerativ-proliferativ kasallik bo‘lib, uning rivojlanishida tashqi muhit omillari, ayniqsa ultrabinafsha nurlar muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotning maqsadi pterigium bilan kasallangan bemorlarda ko‘z yoshi tarkibidagi o‘zgarishlarni kristallografik usul yordamida aniqlash va ularning diagnostik ahamiyatini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida bemorlardan olingan ko‘z yoshi namunalari maxsus sharoitda quritilib, mikroskop ostida kristall tuzilmalari tahlil qilindi. Olingan natijalar sog‘lom shaxslar bilan solishtirildi. Pterigium holatida ko‘z yoshi kristallari shakli, tartibliligi va simmetriyasida sezilarli o‘zgarishlar aniqlanganligi kuzatildi

Опубликован

2026-03-30