SAID AHMADNING “KIPRIKDA QOLGAN TONG” QISSASIDA JOY NOMLARINING MILLIY MADANIYATNI TASVIRLASHDAGI AHAMIYATI
Ключевые слова:
toponim, lingvopoetika, badiiy makon, milliy mentalitet, hududiy identitet, tarixiy xotira, qissaАннотация
Mazkur maqolada Said Ahmadning “Kiprikda qolgan tong” qissasida qo‘llangan joy nomlarining lingvopoetik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Quva, Olchin, Sirdaryo kabi toponimlar milliy madaniyat, hududiy identitet va tarixiy xotirani ifodalashda muhim badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot natijasida aniqlanishicha, qissadagi joy nomlari oddiy geografik birlik emas, balki milliy ong va estetik tafakkur tashuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Ular badiiy makonni real asosda qurish, voqealarning hayotiyligini ta’minlash, qahramon ruhiyatini ochish hamda dramatik keskinlikni kuchaytirishda faol ishtirok etadi
Загрузки
Опубликован
2026-02-15