RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA SOLIQ TIZIMINING EVOLYUTSIYASI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI VA ISTIQBOLLARI

Авторы

  • Musabek Rahimov Автор

Ключевые слова:

buxgalteriya hisobi, raqamli transformatsiya, ERP tizimlari, 1C dasturi, sun’iy intellect

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobi va soliq tizimining rivojlanish jarayonlari O‘zbekiston tajribasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda buxgalteriya hisobida raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirish jarayonlarining joriy etilishi, 1C va ERP tizimlarining hisob yuritish samaradorligiga ta’siri hamda sun’iy intellekt texnologiyalarining buxgalteriya kasbining kelajagiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, elektron hisob-fakturalarning qo‘llanilishi, ularning QQS hisobini yuritishdagi ahamiyati va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining buxgalteriya hisobiga ta’siri, soliq rejalashtirish va qonuniy optimallashtirish masalalari hamda kichik biznes subyektlarida soliq va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos jihatlari kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalarni joriy etish buxgalteriya hisobi shaffofligini oshirish, soliq intizomini mustahkamlash va moliyaviy boshqaruv samaradorligini ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi

Опубликован

2026-01-24

Выпуск

Раздел

Articles