BANKLARDA XUSUSIY KAPITAL HISOBI: NAZARIY ASOSLAR, AMALIYOT MUAMMOLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Ключевые слова:
xususiy kapital, tijorat banki, buxgalteriya hisobi, moliyaviy barqarorlik, kapital tarkibiАннотация
Mazkur maqolada tijorat banklarida xususiy kapital hisobining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususiy kapital bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omil bo‘lib, uning hisobini to‘g‘ri yuritish bank faoliyatining shaffofligini oshiradi va regulyatorlar hamda investorlar uchun ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotda xususiy kapitalning tarkibiy qismlari — ustav kapitali, zaxira kapitali, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda — ning buxgalteriya hisobida aks ettirilish tartibi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirish jarayonidagi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Maqolada xususiy kapital hisobini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan