SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION STRATEGIYANI SHAKLLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Ключевые слова:
innovatsiya, innovatsion strategiya, sanoat korxonasi, innovatsion rivojlanish, texnologik modernizatsiyaАннотация
Mazkur tezisda sanoat korxonalarida innovatsion strategiyani shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Innovatsion strategiyaning korxonaning uzoq muddatli raqobatbardoshligi, texnologik rivojlanishi va ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion strategiyani shakllantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tizimlashtirilib, texnologik modernizatsiya, innovatsion salohiyat, inson kapitali, bozor talabi, eksport yo‘nalishi va ekologik barqarorlik asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida ajratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari, xususan, “BAKAN TEX” MCHJ faoliyati misolida innovatsion strategiyaning amaliy jihatlari tahlil qilinib, korxonalarda innovatsion rivojlanish strategiyasini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan