XARAKTER YARATISHDA ASAR TILINING O‘RNI (“BOBURNOMA” MISOLIDA)

Авторы

  • Mohinur Muhammadzokirova Автор

Ключевые слова:

so‘z, badiiy asar tili, xarakter, realistik proza, “Boburnoma”, iyjoz san’ati, badiiy asarlar, she’riy parchalar

Аннотация

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida xarakter yaratishda asar tilining o‘ziga xosligi tadqiq etiladi. Asar tilining soddaligi, tabiiyligi, ixchamligi va mazmuniy teranligi shaxs obrazini shakllantirishning muhim omili sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, muallifning kam so‘z orqali keng va chuqur mazmun ifodalash mahorati, shaxslar tasvirida badiiy detal, adabiy ishora, personajlarning o‘qigan yoki yaratgan asarlarini tilga olish hamda she’riy parchalarni keltirish kabi usullardan foydalanishi yoritiladi. Ushbu poetik vositalarning personajlarning individual qiyofasi, ma’naviy-ruhiy dunyosi, estetik didi va dunyoqarashini ochib berishdagi funksional xususiyatlari aniqlanadi. Tadqiqot natijasida “Boburnoma” tilining nafaqat voqea-hodisalarni bayon etuvchi, balki tarixiy shaxslar xarakterini individuallashtiruvchi va obrazning badiiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim poetik vosita ekanligi asoslanadi

Опубликован

2026-08-15