ISPAN VA OʻZBEK TOPONIMLARIDA RANG BILDIRUVCHI KOMPONENTLARNING LINGVOMADANIY TALQINI: QIYOSIY TAHLIL

Авторы

  • Utkir Burxonov Автор

Ключевые слова:

toponim, rang komponentlari, lingvomadaniyat

Аннотация

Mazkur maqolada ispan va oʻzbek toponimlari tarkibida uchraydigan rang bildiruvchi komponentlarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oq, qora, kabi rang komponentlari hamda ularning ispan tilidagi blanco, negro va boshqa muqobillarining geografik nomlar tarkibidagi oʻrni yoritiladi. Rang komponentlarining faqat tabiiy belgini emas, balki xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va milliy dunyoqarashini ham aks ettirishi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari rang bildiruvchi komponentlar har ikki xalq toponimik tizimida muhim nominativ vosita boʻlib xizmat qilishini, biroq ularning semantik va lingvomadaniy talqini tarixiy taraqqiyot hamda madaniy muhit taʼsirida turlicha shakllanganini koʻrsatadi

Опубликован

2026-06-30