ZAMONAVIY YOSHLAR ONGIDA ADOLAT VA VIJDON MASALASINING BADIIY TALQINI: “JASPER JONS” ROMANIDA “MAZAXCHINI O‘LDIRISH” ASARIGA INTERTEKSTUAL ISHORALAR
Ключевые слова:
intertekstualizm, yoshlar ongida adolat, vijdon, ijtimoiy mas’uliyat, axloqiy tanlovАннотация
Mazkur maqolada Kreyg Silvining “Jasper Jons” romanida Harper Lining “Mazaxchini o‘ldirish” asari bilan yuzaga keladigan intertekstual aloqalar hozirgi zamon yoshlari dunyoqarashi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki roman o‘rtasidagi adolat, vijdon, sukut, ijtimoiy chetlashtirish va shaxsiy mas’uliyat kabi g‘oyaviy bog‘liqliklar yoritiladi. Harper Li romanida irqiy kamsitish va ijtimoiy adolatsizlik bolalik nigohi orqali ochib berilgan bo‘lsa, Kreyg Silvi ushbu g‘oyalarni o‘smir shaxsining ichki kechinmalari, axloqiy tanlovi va jamiyatdagi stereotiplarga munosabati orqali qayta talqin qiladi. Maqolada “Jasper Jons” romani zamonaviy yoshlar uchun nafaqat badiiy asar, balki haqiqat oldida sukut saqlamaslik, boshqalarning sha’nini himoya qilish va shaxsiy pozitsiyaga ega bo‘lish zarurligini ko‘rsatuvchi estetik-ma’naviy manba sifatida baholanadi