KORONAR ARTERIYALAR ANATOMIYASI VA YURAK QON TA’MINOTI

Авторы

  • Sarvinoz Rajabova Автор

Ключевые слова:

Arteriae coronariae, coronaria dextra, coronaria sinistra, Ramus interventricularis anterior

Аннотация

Koronar arteriyalar (arteriae coronariae) inson yuragining hayotiy qismlarini qon bilan ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada chap (a. coronaria sinistra) va o‘ng (a. coronaria dextra) koronar arteriyalar tizimi, ularning asosiy bo‘linmalari va miokard (myocardium) perfuziyasidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Chap koronar arteriya tizimi ramus interventricularis anterior va ramus circumflexus orqali yurakning chap qismiga kislorod va oziqa moddalar yetkazadi, o‘ng koronar arteriya esa ramus marginalis dexter va ramus interventricularis posterior orqali yurakning o‘ng qismini ta’minlaydi. Shu bilan birga, maqolada koronar arteriyalar bilan bog‘liq patologiyalar, jumladan stenoz (stenosis), ateroskleroz (atherosclerosis) va miokard infarkti (infarctus myocardii) qisqacha ko‘rib chiqiladi. Maqola maqsadi – koronar arteriyalarning anatomik va funksional xususiyatlarini yoritish, ularning yurak faoliyati va klinik ahamiyatini tahlil qilishdir

Опубликован

2026-04-17