QANDLI DIABETDA ORGANIZMDAGI BIOKIMYOVIY O'ZGARISHLAR
Keywords:
Qandli diabet, giperglikemiya, insulin rezistentligi, uglevod almashinuvi, lipidlar peroksidatsiyasiAbstract
Qandli diabet — bu organizmda uglevodlar, yog‘lar va oqsillar almashinuvining chuqur buzilishi bilan kechadigan surunkali metabolik kasallik hisoblanadi. Ushbu kasallik asosan insulin gormoni yetishmovchiligi yoki uning biologik ta’sirining pasayishi natijasida rivojlanadi. Natijada qonda glyukoza miqdori ortib, giperglikemiya holati yuzaga keladi va bu organizmdagi ko‘plab biokimyoviy jarayonlarning izdan chiqishiga olib keladi. Mazkur maqolada qandli diabetda yuzaga keladigan asosiy biokimyoviy o‘zgarishlar, xususan uglevod almashinuvi buzilishi, lipidlar peroksidatsiyasi, oqsil katabolizmining kuchayishi hamda keton tanachalar hosil bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, insulin rezistentligi, fermentativ jarayonlar faoliyatining o‘zgarishi va metabolik atsidozning rivojlanishiga oid ilmiy qarashlar yoritiladi