2-TUR QANDLI DIABETI BO‘LGAN BEMORLARDA DENTAL IMPLANTLARGA MAHKAMLANADIGAN DOIMIY ORTOPEDIK KONSTRUKSIYALARNI TANLASH VA REABILITATSIYANING KLINIK JIHATLARI
Keywords:
2-tur qandli diabet, dental implant, osteointegratsiya, Osstell ISQ, doimiy ortopedik konstruksiya, periodontal to‘qimalarAbstract
Tish qatoridagi nuqsonlarni tiklash zamonaviy ortopedik stomatologiyaning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, bunda chaynash funksiyasini, nutqni, estetik ko‘rinishni va bemorning hayot sifatini yaxshilash asosiy maqsad hisoblanadi. Dental implantlar yo‘qolgan tishlarning funksional o‘rnini to‘ldirish hamda doimiy ortopedik konstruksiyalarni mahkamlash uchun ishonchli tayanch yaratish imkonini beradi. Biroq implantatsiyaning uzoq muddatli muvaffaqiyati nafaqat jarrohlik texnikasi va protez konstruksiyasiga, balki bemorning umumiy somatik holati, suyak to‘qimasining xususiyatlari va og‘iz bo‘shlig‘idagi mahalliy biologik muhitga ham bog‘liq. 2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda ushbu masala alohida klinik ahamiyatga ega. Surunkali giperglikemiya, mikrosirkulyatsiya buzilishlari, yallig‘lanish jarayonlarining o‘zgarishi va immun himoya mexanizmlarining buzilishi periodontal to‘qimalar holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasining yetarli emasligi, so‘lak ajralishining kamayishi va mikrobiota muvozanatining buzilishi shilliq qavat yallig‘lanishi hamda protez bilan bog‘liq asoratlar xavfini oshirishi mumkin. Shu sababli qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda dental implantlarga mahkamlanadigan doimiy konstruksiyalarni tanlash individual klinik baholash, metabolik nazorat va muntazam dispanser kuzatuvini talab qiladi