4-SINF "TARBIYA" FANIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGIGA OID MAVZULARNI INTEGRATSIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors

  • Guzal Xolmatova Author

Keywords:

hayot faoliyati xavfsizligi, integratsiya, Tarbiya fani, favqulodda vaziyat, ratsional xatti-harakat

Abstract

Mazkur maqolada 4-sinf “Tarbiya” fani mavzulariga hayot faoliyati xavfsizligiga oid mazmunni integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida o‘quvchilarda ekologik xavfsizlik, sog‘lom turmush tarzi, yo‘l harakati xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda ratsional xatti-harakat qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, “Tarbiya” fanining ayrim mavzulari bilan hayot faoliyati xavfsizligiga oid mavzularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan hamda ularni o‘qitishning amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonida integratsiyalashgan yondashuvdan foydalanish o‘quvchilarning xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va hayotiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-07-06