KONTRAST MUNOSABATNI IFODALOVCHI LEKSIK VOSITALAR

Authors

  • Umeda Xodjiyeva Author

Keywords:

kontrast munosabati, antonimiya, leksik-semantik oppozitsiya, kontekstual antonimiya

Abstract

Ushbu maqolada kontrast munosabatni ifodalovchi leksik vositalarning til tizimidagi o'rni va xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kontrast munosabati antonimiya hodisasi orqaligina emas, balki affiksal vositalar, kontekstual (okazional) antonimiya va sintaktik-diskursiv bog'lovchilar orqali ham yuzaga kelishi ko'rsatib o'tiladi. Antonimlarning graduonim, komplementar va konversiv turlari, shuningdek marked va unmarked a'zolar nazariyasi yetakchi tilshunoslarning ilmiy qarashlari asosida yoritiladi. Kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan kontrastning konseptual metafora bilan bog'liqligi ko'rib chiqiladi. Tahlil natijalari kontrast munosabatining ko'p darajali, tizimli hodisa ekanligini tasdiqlaydi

Downloads

Published

2026-06-30