PARAZIT XIVCHINLILAR KELTIRIB CHIQARADIGAN KASALLIKLAR VA ULARNING PROFILAKTIKASIDAGI DOLZARB MASALALAR
Keywords:
parazit xivchinlilar, protozoy infeksiyalar, giardioz, tripanosomoz, leyshmaniozAbstract
Mazkur tadqiqotda parazit xivchinlilar (flagellatlar) tomonidan chaqiriladigan kasalliklarning etiologik xususiyatlari, tarqalish dinamikasi va ularning profilaktikasiga oid dolzarb muammolar kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Xususan, Giardia lamblia, Trypanosoma va Leishmania kabi protozoalarning inson organizmida yuzaga keltiradigan patologik jarayonlari epidemiologik nuqtai nazardan baholandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, giardioz dunyo bo‘yicha eng keng tarqalgan protozoy infeksiyalardan biri bo‘lib, rivojlanayotgan hududlarda kasallanish darajasi 30% gacha yetadi va yiliga yuz millionlab simptomatik holatlar bulgan. Shu bilan birga, transmissiv xivchinlilar orqali yuqadigan kasalliklar (masalan, tripanosomoz va leyshmanioz) tropik hududlarda yuqori endemik ko‘rsatkichlarni saqlab qolmoqda hamda iqlim o‘zgarishi va migratsiya jarayonlari ularning geografik kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur kasalliklarning keng tarqalishi asosan sanitariya-gigiyena sharoitlarining yetarli emasligi, sifatli ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar va vektorlar nazoratining sustligi bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari, antiparazitar preparatlarga nisbatan rezistentlikning ortib borishi ham profilaktika va davolash strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etmoqda. Maqolada zamonaviy profilaktik chora-tadbirlar, jumladan, kompleks gigiyenik yondashuv, epidemiologik monitoring va aholining tibbiy savodxonligini oshirishning ahamiyati ilmiy asosda yoritildi