HARBIY XIZMATCHILARDA MOTIVATSIYA VA UNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARGA TA'SIRI

Authors

  • Izzat Hakimov Author

Keywords:

Harbiy xizmatchilar, Motivatsiya, Individual-psixologik xususiyatlar, Ichki motivatsiya

Abstract

Ushbu tezisda harbiy xizmatchilarda motivatsiyaning ahamiyati va uning individual-psixologik xususiyatlarga ta'siri tahlil qilinadi. Harbiy xizmatning murakkab va talabchan sharoitlari, shuningdek, psixologik salomatlikni saqlash zaruriyati motivatsiyaning yuqori darajada bo'lishini ta'minlashni talab qiladi. Motivatsiya ichki va tashqi omillar orqali shakllanadi va harbiy xizmatchilarning faoliyat samaradorligini, jamoaviy ruhini va psixologik barqarorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Tezisda shaxsiy qiziqishlar, ehtiyojlar, o'z-o'zini anglash darajasi va stressga chidamlilik kabi individual-psixologik xususiyatlar motivatsiyani qanday shakllantirishi ko'rib chiqiladi

Downloads

Published

2026-04-12