BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH ASOSLARI

Authors

  • Diyora Shomaxsudova Author

Keywords:

fanlararo integratsiya, boshlang‘ich ta’lim, ijodiy qobiliyat, ijodiy tafakkur, integrativ ta’lim, ta’lim jarayoni

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda fanlararo integratsiyadan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida boshlang‘ich ta’lim jarayonida turli fanlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ta’minlash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi hamda muammoli vaziyatlarda samarali yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi tahlil qilinadi. Maqolada integratsiyalashgan ta’limning didaktik imkoniyatlari, o‘quvchilarning tasavvuri va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan metodik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning bilimlarni yaxlit tizimda o‘zlashtirishiga, ularning ijodiy faolligi va o‘quv motivatsiyasining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda integrativ yondashuv muhim pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi

Downloads

Published

2026-03-25