JADID SHE’RIYATIDA TABIAT HODISALARI RAMZI
Keywords:
Ramz, kuz, xazon, bahor, istiqlol, mustamlaka, tutqinAbstract
O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Jadid she’riyatida mazkur obrazga yuklangan ma’no yanada kengayib ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni aks ettirganligini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon, Fitrat o‘zbek she’riyatida simvolist shoir sifatida alohida mavqega ega ijodkorlar. Ularning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada jadid she’riyatida kuz, xazon ramziy obrazlar orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan
Downloads
Published
2026-03-07