JADIDLAR MATBUOTIDA MUSTAQILLIK G‘OYALARI VA ZAMONAVIY MEDIA NARRATIVLAR
Keywords:
jadidlar, jadid matbuoti, milliy uyg‘onish, mustaqillik g‘oyasi, milliy ong, media narrativ, “Sadoyi Turkiston”, “Oyina”Abstract
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidlar matbuotida milliy uyg‘onish, ozodlik, milliy o‘zlik, ma’rifat va mustaqillik g‘oyalarining ifodalanishi hamda ushbu g‘oyalarning zamonaviy media narrativlari bilan mazmuniy uyg‘unligi tahlil qilinadi. Jadidlar gazeta va jurnallarni nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki jamiyat tafakkurini shakllantiruvchi, milliy ongni uyg‘otuvchi va ijtimoiy muammolarni muhokama qilish maydoni sifatida ko‘rganlar. “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Sadoyi Turkiston”, “Oyina”, “Hurriyat” kabi nashrlar orqali ma’rifat, milliy birlik, taraqqiyot, o‘zini o‘zi boshqarish va siyosiy ong masalalari ilgari surilgan. Tadqiqotda jadid matbuotining mavzu tanlovi, murojaat uslubi va jamoatchilik fikriga ta’sir mexanizmlari zamonaviy media narrativlari bilan qiyoslanadi. Jadid matbuoti shaklan bosma nashrga asoslangan bo‘lsa-da, uning asosiy kommunikativ vazifalari — axborot berish, muammoni kun tartibiga olib chiqish, jamoatchilikni fikrlashga undash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish — bugungi media makonida ham dolzarb ekanligi ko‘rsatiladi